WBC yangilangan reytingini e’lon qildi. Hamyurtlarimiz o‘rnida o‘zgarishlar yuzaga keldi

  • 9 mart, 2021, 17:39
  • 0
  • Boks

Butunjahon boks kengashi (WBC) yangilangan 40 talik reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan.

Birinchi o‘ta engil vazn toifasida (48.9 kg) Hasanboy Do‘smatov bir pog‘ona yuqoriladi va 33-o‘ringa joylashdi.

Super engil vazn toifasi (63.6 kg) reytingidan ikki nafar bokschimiz joy oldi. Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi kabi 22-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Anvar Turopov bir pog‘ona pastladi va 40-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) Qudratillo Abduqahhorov 8-o‘rinni saqlab qoldi.

Super yarim o‘rta vazn toifasida (69.9 kg) Isroil Madrimov ham 23-o‘ringa pastlagan bo‘lsa, WBC yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Ravshan Mahammadjonov reytingning 40-pog‘onasidan o‘rin oldi.

Super o‘rta vazn toifasida (76.2 kg) WBC Silver kamari egasi Azizbek Abdug‘ofurov 3 pog‘ona ko‘tarilib, 4-o‘rindan joy olgan. Bektemir Meliqo‘ziev ham o‘tgan oyga nisbatan 3 pog‘ona yuqorilab 30-o‘rinda qayd etilgan.

Mazkur reytingga boshqa o‘zbekistonlik bokschilar kiritilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!