Xanchjou-2022 ob’ektlari. Asosiy arena - "Katta Lotus" (video)

Joriy yilning 23 sentyabr - 8 oktyabr sanalari oralig‘ida Xitoyning Xanchjou shahri XIX Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Siz aziz o‘quvchilarimizni yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladigan inshootlar bilan tanishtiramiz. Dastlab, asosiy arenadan boshlaymiz.

Ushbu ob’ekt XIX Osiyo o‘yinlari uchun 10 yil davomida maxsus qurilgan bo‘lib, “Xanchjou Olimpiya sport turlari Markaziy stadioni” nomini olgan. Rasmiy nomi nisbatan uzun bo‘lgani ko‘pchilik uni “Katta Lotus” nomi bilan ham ataydi. Uning dizaynini yaratishda muhandislar qadimgi Xitoy ipak to‘quv tizimidan ilhomlangan. Tom qismi esa lotus gulining barglarini eslatadi.

Sig‘imi: 80 000 kishi
Mezbonlik qiladi: Ochilish va yopilish marosimi, engil atletika bahslari.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!