Xanchjou-2022 ob’ektlari: Taekvondo va sport kurashlarini qabul qiladigan arena (video)

XIX Osiyo o‘yinlarining ob’ektlarini tanishtirishda davom etamiz. Bugun Sizlarga taekvondo WT va sport kurashlari bo‘yicha bahslarga mezbonlik qiladigan “Linʻan Sports Culture & Exhibition Centre” majmuasi haqida ma’lumot beramiz.

Kompleks 2015 yili qurilgan. Majmua universal bo‘lib, ko‘plab sport turlari bo‘yicha bellashuvlarni o‘tkazishi mumkin. Bo‘lajak Osiyo o‘yinlarida 26-30 sentyabr kunlari taekvondo WT hamda 4-7 oktyabr sanalarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar aynan ushbu arenada tashkil etiladi.

Sig‘imi: 3728 kishi
Maydoni: 34.060 metr kvadrat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!