Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik sportchilarning bugungi chiqishlarida kimlar medallarga ega chiqdi?

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Quyida barcha sport turlaridan onlayn natijalarni e’tiboringizga havola etib boramiz.

07:05. Baydarka va kanoechilarimiz ishtirokidagi bahslari boshlandi. Birinchi bo‘lib 1000 metrga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda startga chiqqan hamyurtimiz Shaxriyor Mahkamov ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi va delegatsiyamizga kumush medalni taqdim qildi.

photo_2023-10-02_08-21-12

07:16. Baydarka va kanoe bahslarining ikkinchi startida ham O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga medal yozib qo‘yilmoqda. 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dasturda Vladlen Denisov delegatsiyamizga yana bir kumush medalni taqdim qildi.

photo_2023-10-02_08-21-15

08:02. Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metrga kechgan bahsda yana bir medal qo‘lga kiritildi. Unda startga chiqqan Ekaterina Shubina hamda Arina Tanatmisheva juftligi marraga uchinchi bo‘lib etib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

photo_2023-10-01_22-56-27

8:47. Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 500 metrga kechgan juftlik bahslarida Ozodjon Amriddinov va Denis Onufriev yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Biroq ular finalda marraga ettinchi bo‘lib etib kelishdi va medaldan quruq qolishdi.

photo_2023-09-30_08-00-33

9:10. Kamondan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda ayollar jamoamiz 1/8 finalda Janubiy Koreyaga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu bosqichda erkaklar terma jamoamiz Eronga huddi shushday hisobida yutqazdi.

photo_2023-10-02_08-36-14

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi barcha bahslarini o‘tkazib bo‘ldi. O‘yinlar davomida Janubiy Koreyani mag‘lub etgan qizlarimiz yakunda musobaqani oltinchi o‘rinda tugatishdi.

Mazkur dasturda oltin medal va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi Xitoy terma jamoasiga nasib etdi.

photo_2023-10-02_12-02-52

12:20. Chim ustida xekkey bahslarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Singapur bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

photo_2023-10-02_12-13-56

15:06. Kamondan otish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Amirxon Sodiqov nimchorak finalda vetnamlik Le Kuok Fongni 7:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida, vetnamlik sportchi bundan avvalgi bosqichda O‘zbekiston vakili Chen Yao Yuyni taslim etgandi.

photo_2023-10-02_13-13-28

16:40. Shaxmat bo‘yicha jamoaviy bahslada erkaklar terma jamoamiz Eronga 1,5:2,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ayollarimiz esa Koreya Respublikasi vakilalaridan 4:0 hisobida ustun keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Zakirjon Atabaev
03/10/2023 17:49
Маълумот ўрнида, вьетнамлик спортчи бундан аввалги босқичда Ўзбекистон вакили Чен Яо Юйни таслим этганди.
Нима бу????????