Xanchjou-2022. Safina Sadullaeva Osiyo o‘yinlari chempioni, Radzivilda kumush medal!

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullaeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, oltin va kumush medallar har ikki yurtdoshimizga nasib etdi.

Sadullaeva oltin, Radzivil esa kumush medal sohibiga aylandi. Kuchli uchlikni qozog‘istonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi. E’tiborlisi, g‘olib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupadagi o‘rinlar urinishlar soniga qarab taqsimlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!