Xanchjou-2022. Shaxmat bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz Vetnamdan ustun keldi, ayollar termamiz esa...

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Shaxmat bo‘yicha jamoaviy bahslarning 3-raundida erkaklar terma jamoamiz Vetnamga qarshi dona surdi. Bahs 1:3 hisobida vakillarimiz foydasiga hal bo‘ldi. 

Ayollar terma jamoamiz esa xuddi shu mamlakam shaxmatchi ayollariga 2,5:1,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, erkaklar termamiz 2-raundda Hindiston bilan 2:2 hisobida durangga imzo chekkan. Ayollar jamoamiz esa Filippin bilan shu hisobda murosa ko‘chasini tanlagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!