Xaver Ernandes o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi 3 futbolchi nomini ma’lum qildi

  • 11 avgust, 2022, 17:00
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted", "Real", "Vest Xem" kabi jamoalarda to‘p tepgan Xaver Ernandes o‘zi bilan o‘ynagan eng kuchli 3 futbolchini aytib o‘tdi.

"Ronaldu - buyuk iste’dod sohibi. Uning qiladigan mehnati, qiyinchilikka tik qaray olishi qolganlar uchun doim o‘rnak bo‘ladi. 

Modrich - maydonda u haqiqiy daho, tashqarida esa o‘ta kamtar inson. Luka har tomnolama hurmatga sazovor odam.

Giggz - men ko‘rgan ikki eng zo‘r yarim himoyachilardan biri. Biri Modrich bo‘lsa, demak, ikkinchisi albatta Rayan bo‘ladi", - dedi meksikalik hujumchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!