Xavi “Barsa”ga “ajdar”ni olib keladi

  • 18 oktabr, 2023, 12:01
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes tarkibni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini shakllantirib yuribdi.

Ispaniyalik mutaxassis nishoniga argentinalik yarim himoyachi Alan Varela tushdi. 22 yoshli futbolchi “Portu”ga tegishli.

“Ajdarlar” o‘yinchisiga shaxsan Xavi Ernandes qiziqish bildirmoqda. Shu bois, kataloniyaliklar iste’dodli futbolchini qishki transferlar vaqtida xarid qilishga urinib ko‘radi.

Alanning “Portu” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha imzolangan. Hozircha bu yarim himoyachi ancha arzon – 12 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!