Xavi bu futbolchiga imkon berishga qaror qildi

  • 17 iyul, 2022, 15:09
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanich yangi mavsum faoliyatini “ko‘k-anorranglilar” safida davom ettirishi mumkin.

Klub bosh murabbiyi Xavining fikricha, futbolchiga asosiy jamoada yana bir imkoniyat berilishi kerak.

“Diario AS” nashri xabarga ko‘ra, futbolchi ayni payt jamoa bilan AQShdagi gastrolda bo‘lib turibdi va u erda murabbiylar shtabi uning o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Pyanich o‘tgan mavsumni "Beshiktosh"da ijarada o‘tkazgan bo‘lib, 26 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!