Xavi yuzlik dovondan oshdi

  • 5 oktabr, 2023, 13:31
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Portu” va “Barselona” uchrashuvi kataloniyaliklar ustozi Xavi Ernandes uchun tarixiy bo‘ldi.

Ispaniyalik mutaxassis shu kuni “Barselona” bosh murabbiyi sifatida 100-uchrashuvini o‘tkazdi.

Xavi Ernandes jamoa bosh murabbiyligiga 2021 yilning noyabridan tayinlangan. Shundan beri uning qo‘l ostidagi jamoa 64 ta uchrashuvda zafar quchdi, 17 marotaba durang o‘ynadi va 19 marta mag‘lubiyatga uchradi.

Klub tarixida Xavi “Barseona”ni 100 marta maydonga olib tushgan 11-bosh murabbiy bo‘ldi. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!