Xayr, “Chelsi”!

  • 12 avgust, 2020, 10:45
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hujumkor futbolchilar Villian va Pedro “Chelsi” bilan xayrlashdi va buni klub ham rasman tasdiqladi.

Har ikki o‘yinchini klub bilan shartnomasi yakunlandi va ular o‘zaro hamkorlikni davom ettirishni istamadi.

2013 yildan beri “Chelsi” safida o‘ynagan Villian ikki marta Angliya chempioni, Angliya kubogi, Liga kubogi va Evropa Ligasi musobaqalarida g‘olib chiqqan. Braziliyalik futbolchi faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi.

2015 yilda “Barselona”dan londonliklar safiga qo‘shilgan Pedro bir marotabadan Angliya chempioni, mamlakat kubogi sohibi va Evropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Ispan futbolchisi endi “Roma” tarkibida to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!