Xayrulla Hamidov O‘zbekiston MTJga Keyrush murabbiy bo‘lishini xohlagani va Katanetsning boshqalardan farqi haqida gapirdi

  • 23 avgust, 2021, 21:05
  • 1
  • Futbol

Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Srechko Katanets yurtimizda bo‘lib turibdi. O‘FA bilan og‘zaki kelishuvga erishgan sloveniyalik mutaxassis mamlakatimizda futbolga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirmoqda va o‘yinlarni stadiondan tomosha qilib, futbolchilarni kuzatyapti.

SPORTS.uz saytining yutubdagi sahifasida terma jamoa murabbiyligiga oid ko‘rsatuvda taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ishtirok etdi va bu boradagi fikrlarini bildirdi.

O‘FA e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihat va bu borada Xayrulla Hamidov va Alisher Nikimbaevning qarashlari

xayrulla

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar orasidan Srechko Katanets hal bo‘lsa kerak, deb o‘ylardim. Sloveniyalik mutaxassis zo‘rligi yoki idealligi uchun emas, ko‘rpaga qarab oyoq uzatiladi. Shuning uchun oyog‘imizga mos keladigani shu murabbiy.

Aslida boshqalar qatori Karlush Keyrushni ko‘proq xohlagandim. Keyrush kelganda kattaroq murabbiydek natija qayd etgandek ko‘rinadi. Umuman olganda, shunday ham. Chunki uni Katanets bilan solishtirganda “Manchester Yunayted”, “Real” kabi klublarda ishlagan. Yoshlar Karlushni Eron termasi bilan tasavvur qiladi, lekin uning murabbiylik faoliyatida katta maktab bor yuqorida aytganimdek. Shu boisdan Keyrush kelsa yaxshi edi. Lekin uning imkoniyati va talabi kattaroq bo‘lishini bilardim.

Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabida mahalliy mutaxassis ham bo‘ladimi?

keyrus

Katanets hal etilgani yaxshi. Chunki men har doim chet ellik murabbiy tarafdori bo‘lganman. Sababi xorijlik murabbiy tayinlansa, professional yondashuv bo‘ladi. Bu bilan o‘zimiznikilar noprofessional demoqchi emasman. O‘zingnikini qadri bo‘lmaydi. Aslida ba’zi murabbiylardan mahalliy mutaxassisning salohiyati yaxshi bo‘lishi mumkin. Shunchaki agar mahalliy mutaxassis tayinlansa, u so‘raydigan narsaga boshqacha qarashadi. Ko‘rdikku, Kapadze bosh murabbiy bo‘lganda hamma ish o‘ziga qolib ketdi. Kim qaerga olib borgisi kelsa, olib bordi. Hattoki liboslarni ham qidirib yurganini eshitganman.

IMG_1204

Xorijlik murabbiy kelsa, birinchidan, juda ko‘p narsani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi. Ikkinchidan, baribir qaysidir mahalliy mutaxassis terma jamoa bosh murabbiyiga aylansa, yaxshi ma’noda futbolchini o‘zining o‘yiniga mos kelib, terma jamoaga jalb etsa ham boshqacha gap chiqadi. Chet ellik murabbiyda u narsa kuzatilmaydi. Xorijlik murabbiylarning ham minuslari bor. Ularni o‘yinlar davomida bilib olishimiz mumkin. Ammo bizda juda ko‘p narsalarda kamchiliklarni bartaraf etish uchun katta-katta saralash bahslariga hech bo‘lmaganda Katanetsga o‘xshagan murabbiy kelishi lozim, deb o‘ylayman, - dedi Xayrulla Hamidov.

Ma’lumot o‘rnida, terma jamoa murabbiyligiga nomzodlar orasida Karlush Keyrush varianti mavjud edi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida xabar berdi. Ammo portugaliyalik mutaxassis oilaviy sababga ko‘ra terma jamoani qabul qila olmasligini aytib, O‘FA tomonidan bildirilgan taklifni rad etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
23/08/2021 22:19
Кейруш калишини мен ҳам муҳлис сифатида кутгандим. Лекин афсус у келмади. Начора Ҳайрулла ака айтганидек кўрпамизга қараб оёқ узатамиз дегандек, кўрпамизга мосини олиб келишди. Омад тилаб қоламиз.