Xebay Albaniyada ham mashhur bo‘lib ketdi. U terma jamoasi uchun asosiy nomzod futbolchi sifatida ko‘rilmoqda!

"Andijon" futbolchisi Rubin Xebayning "Superliga-2023"ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganidan xabaringiz bor. U haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev qiziq ma’lumot e’lon qildi.

"Bugun eng yaxshi deb e’tirof etilgan Rubin Xebay haqida sizni hayron qoldiradigan ma’lumot! Albaniya terma jamoasining media rahbari Fatjon Korda "Andijon" klubi matbuot kotibi Shuxratbek Jo‘raev bilan shu kunlarda bir necha bor suhbatlashgan.

Kordaning aytishicha, Xebay hozir Albaniya futbol olamida trenddagi mavzuga aylangan. Uning Superligada kiritgan gollari va ishtiroki futbol ishqibozlari tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Rubinning Superligada eng yaxshi futbolchi bo‘lgani Albaniya terma jamoasi murabbiylar shtabini e’tiborini tortgan. Hujumchi, hozir milliy terma jamoasi uchun asosiy nomzod futbolchi sifatida ko‘rilmoqda. Turli sayt va nashrlar uni "O‘zbekistondagi Rubin" (qimmatbaho tosh) deb atamoqda.

Rubinning Surerligadagi ishtiroki nafaqat O‘zbekistonda, balki Albaniyada xam katta rezonans bergan", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
10/01/2024 18:59
Яша Хебай сог бу'л 2024 йил хам катта ютугларга эришгин