Xendersonga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda

"Yuventus" "Al-Ittifoq"ni tark etishni istayotgan Jordan Xenderson bilan shartnoma imzolashga harakt qilmoqda, deya xabar berdi insayder Di Martsio. 

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachini turinliklar ijaraga olishni rejalashtirgan. Klub uni 18 oydan keyin erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.

Xenderson uchun kurashda "Ayaks" favorit bo‘lib turibdi. Shuningdek, "Seltik" ham futbolchiga qiziqish bildiryatpi. 

Jordanni o‘tgan yozda "Liverpul" 14 million evro evaziga "Al-Ittifoq" jamoasiga o‘tgandi. U mazkur mavsumda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!