Xolandga “Oltin to‘p” kerak emas!

Eng zo‘r futbolchilar faoliyati davomida hech bo‘lmaganda bir marotaba bo‘lsa ham “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirishni orzu qiladi. Chunki bu futbolchilarga beriladigan eng nufuzli individual sovrin hisoblanadi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa to‘purari Erling Xoland “Oltin to‘p”ni olish uchun nimalar qilishi kerakligi haqidagi savolga o‘ziga xos tarzda javob berdi.

- Xoland ko‘proq o‘ynashi va har bir bajarilgan ishdan xulosa chiqarib, dars olishi kerak. Lekin ning maqsadi “Oltin to‘p” olish emas, balki sovrinlarni yutish.

Xoland buni uddalab kelyapti. O‘tgan yili trebl qayd etdik. O‘tgan mavsumda Erlingsiz sovrinlarni yuta olarmidik? Umuman imkonimiz bo‘lmasdi.

Gap faqat Xolandda  yoki boshqa biror bir o‘yinchida emas. Futbolchi pensiyaga chiqmagunicha har doim eng zo‘ri bo‘lish imkoniyati bor, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!