Xusanjon Karimov raqibini ringga qulatdi

  • 9 mart, 2019, 18:45
  • 0
  • Boks

Belarusning Gomel shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan an’anaviy musobaqada hamyurtimiz Xusanjon Karimov finalga yo‘l oldi.

60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Xusanjon yarim final bosqichida qozog‘istonlik Jonserik Dyusenbekovga bir qator aniq zarbalar yo‘lladi. Ushbu zarbalarga qarshilik ko‘rsata olmagan qozog‘istonlik bokschi nokautga uchradi.

Shu tariqa turnirning final bosqichiga yo‘l olgan X.Karimov so‘nggi belashuvini belaruslik Dimitriy Balkovga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!