Yangi xo‘jayin “Manchester Yunayted”ga besh nafar zo‘r futbolchi olib beradi

  • 29 dekabr, 2023, 15:02
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” aktsiyalarining 25 foizini xarid qilgan 71 yoshli milliarder ser Jim Retkliff yanvar oyidayoq klub transfer siyosatiga ta’sir ko‘rsatmoqchi.

Yangi rahbar besh nafar o‘yinchi uchun pul ajratmoqchi. Asosiy nishon “Real Sosedad”da porlayotgan Takefusa Kubo hisoblanadi. “Barselona” va “Real” ta’limini olgan yaponiyalik futbolchi oldingi chiziqda bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladi.

Hujum chizig‘iga yana bir nomzod Yusuf An-Nesiridir. Marokashlik futbolchi hozir “Sevilya”da o‘ynayapti. Manchesterliklar “Shtutgart”dan Seru Girassini ham nishonga olgan. Bu hujumchi arzon bo‘lgani uchun bir necha klublar nishonida turibdi.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari himoya chizig‘ini mustahkamlashga ikki nafar nomzodni topgan. “Nitstsa”da o‘ynayotgan Jan-Kler Todibo  va “Everton” a’zosi Jarrad Brentueyt muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!