Yillar sinagan sadoqat!

  • 21 iyun, 2021, 09:00
  • 0
  • Futbol

SPORTS.uz sobiq klubiga yillar o‘tib qaytib kelgan futbolchilar bilan yaqindan tanishtirib o‘tadi.

Janluiji Buffon - 20 yildan so‘ng "Parma"ga

Janluiji Buffon - Italiya futboli afsonasi. Qahramonimiz 90 yillarning oxirlarida "Parma" bilan muxlislar e’tiboriga tushdi. U Lilian Tyuram, Fabio Kannavaro, Veron, Enriko Keza, Ernan Krespo singari futbolchilar bilan jamoadosh bo‘lgan. Alberto Maleza shogirdlari Italiya kubogi va superkubogida zafar quchgan. Shuningdek, UEFA superkubogi oltin medallarini o‘ziniki qilib oldi. "Lujniki"da o‘tgan finalda "Marsel" 3:0 hisobida taslim etilgandi.

2001 yilga kelib, yosh Buffon uchun "Yuventus" 53 million evro sarfladi. Turinda Jiji 10 ta "Skudetto"ga ega chiqdi, 3 bor EChL finalida o‘ynadi. Hatto, bir bor B Seriyaga "sayohat" ham qildi. Hozir og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan "Parma" 20 yildan so‘ng, Buffonni ortga qaytardi. "Parma" o‘z faxriysini juda chiroyli videorolik bilan kutib oldi.

Eshli Yang - 10 yildan so‘ng "Aston Villa"ga

eshli yang

Ingliz futbolchisi "Uotford" tarbiyalanuvchisi, ammo Eshli "Aston Villa"da yangi darajaga ko‘tarildi. 5 yil ichida (2006-2011) Eshli "Manchester Yunayted" darajasiga ko‘tarildi. Angliyadagi ajoyib mavsumlardan so‘ng, "Inter" bilan shartnoma imzoladi. Shu tariqa, 10 yil o‘tganini sezmay qoldik.
10 yildan so‘ng, Yang 190 o‘yin o‘tkazgan jonajon klubi - "Aston Villa"ga qaytmoqda. U ushbu jamoa libosida 37 gol 59 assistni amalga oshirgan.

"Menga Birmingem klubi qiziqish bildirganidan xabar topgach, darrov agentimga yuzlandim. Unga bu transfer amalga oshishi uchun barcha narsaga tayyor ekanligimi aytdim".

Dunga - 15 yildan so‘ng "Internatsional"ga

Dunga

1994 yilda bo‘lib o‘tgan JCh g‘olibi "Internatsional" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Aynan shu klub 17 yoshli o‘spiringa professional shartnoma taklif qildi. 1984 yilda Dunga Braziliyaning boshqa jamoasiga o‘tib ketadi. Keyinroq, 7 yil davomida "Shtutgart"da to‘p tepdi. Hatto, Yaponiyada muxlislar e’tiborini qozonishni ham uddaladi. 36 yoshni qarshi olgach, vataniga qaytdi. Uning so‘nggi klubi "Internatsional" jamoasi bo‘ldi. Braziliya futbolidagi tarixiy shaxs 15 yillik tanaffusdan so‘ng, yana sevimli klubi libosini kiydi.

Andres Meller - 11 yildan so‘ng "Ayntraxt"ga

Ayntraxf

Ro‘yxatimizdagi yana bir jahon chempioni. 1990 yilda Germaniya Federativ Respuplikasi (GFR) bilan dunyoda tengsiz bo‘lgach, "Ayntraxt" a’zosi uchun futbol olamida yangi sahifalar ochildi. 20 yoshga to‘lganida uni "Borussiya" Dortmund sotib oldi. Mundialdan so‘ng, qahramonimiz yana ortga qaytadi. 2 yil Frankfurt klubida to‘p tepgach, "Yuventus" sari yo‘l oladi. Keyinroq, "Borussiya" va "Shalke" orqali "Ayntraxt"ga qaytdi.

Ruy Koshta - 12 yildan so‘ng "Benfika"ga

BEncf

Yarim himoyachi Lissabonni tark etgach, 12 yildan so‘ng qaytib keldi. U vaqtni behudaga sarf qilgani yo‘q. "Fiorentina" va "Milan"da harakat qildi va bir nechta sovrinlarga ega chiqdi. EChL oltin medallari va ulkan muxlislar armiyasiga ega bo‘lgach, Koshta yana "Benfika"ga qaytdi.

Xuan Karlos Valeron - 16 yildan so‘ng "Las Palmas"ga

valeron

Yana bir o‘zgacha tarixga ega "qaytish"! Valeron o‘zining "Deportivo"dagi faoliyati bilan muxlislar e’tiboriga tushgan. Lakaruniyada qahramonimiz 13 yil to‘p tepdi, ammo o‘z asl jamoasini unutgani yo‘q. 2013 yilda futbolchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, "Las Palmas"dan ajoyib taklif kelib tushdi. Avvaliga 1 yillik deb taxmin qilingan hamkorlik 3 yilga cho‘zilib ketdi. U jamoasini Segundadan Primeroga qadar ko‘tarilishi uchun katta mehnat qildi.

Diego Maradona - 13 yildan so‘ng "Boka Xuniors" 13

maradona — kopiya

Barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi - Diego Armando Maradona "Boka" safida atigi 1,5 yil faoliyat yuritdi, xolos. 1981-1982 yillar oralig‘ida qahramonimiz mahalliy muxlislar e’tiborini qozondi. Shundan keyin Evropani zabt etish maqsadida "Barselona" safiga borib qo‘shildi. Keyin "Napoli" va "Sevilya" singari klublarda to‘p tepdi. 1995 yilda qahramonimiz yana "Boka" bilan shartnoma imzoladi. 35 yosh bo‘lishiga qaramay, Maradona ishqibozlarga yana bir nechta ajoyib uchrashuvlarni sovg‘a qildi.

Robin Van Persi - 14 yildan so‘ng "Feyenoord"ga

Van perdi — kopiya

E’tiborlisi shundaki, Robin o‘zining debyut mavsumida UEFA kubogida zafar quchgan. "Borussiya" Dortmundga qarshi finalda Van Persi 18 yosh bo‘lishiga qaramay, asosiy tarkibda maydonga chiqib keladi. 2 mavsum o‘tgach, niderlandiyalik futbolchi Rotterdamdan Londonga ko‘chib o‘tdi. Keyin "Manchester Yunayted" safiga borib qo‘shildi va APL oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Biroz muddat "Fenerbaxche"da harakat qilgach, yana Rotterdamga qaytdi. So‘nggi mavsumda hujumchi 23 golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Andrey Shevchenko - 10 yildan so‘ng "Dinamo" Kievga

shevaaa

90 yillar oxirida Sheva Valeriy Lobanovskiy qo‘l ostida chinakamiga porladi. "Dinamo" Kiev safida EChL yarim finalini zabt etgach, Shevchenko Italiyaga yo‘l oldi. "Milan" bilan EChL va "oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgach, ulkan maosh ortidan Londonga tashrif buyurdi. "Chelsi" bilan ko‘ngildagidek mavsumlar o‘tkazishni uddalay olmaganidan so‘ng, yana "Milan"ga o‘tdi. Shartnomasi nihoyasiga etgandan keyin, butsalarini mixga ilish maqsadida "Dinamo"ga qaytdi. 2012 yildagi Evropa chempionati yakunlangach, faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

Xenrik Larson - 14 yildan so‘ng "Xelsingborg"ga

Hendrik

Larsson Shvetsiyadan Niderlandiyaga yo‘l oldi. Keyin "Seltik", "Barselona", "Manchester Yunayted" singari grandlarda to‘p tepdi. Aslida, Xenrik 21 yillik tanaffusdan so‘ng tarbiyalanuvchisi sanalgan "Xegeborg" havaskorlar jamoasida faoliyatini yangiladi. "Xelsingborg" klubiga shved 14 yillik "ayriliqdan" so‘ng qaytdi. U 50 yoshga qadar bemalol to‘p tepishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!