Yin Duan o‘z yurtida Simona Xalepni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, biroq...
Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tayotagan “WTA Shenzhen Open – 2018” xalqaro turnirida ikkinchi davra uchrashuvlari yakunlandi.
Ruminiya va jahonning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep ushbu bosqichda xitoylik Yin-Yin Duanga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setda 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragan rumini go‘zali, qolgan setlarda 6:1, 6:2 hisobida zafar quchdi. Xalep uchun bu g‘alaba o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Endi chorak finalda Simona Xalep va belaruslik Arina Sobolenko o‘zaro kuch sinashadi.
Chexiyalik Kristina Plishkova esa ruminiyalik Ana Bogdanni 6:4, 7:6 hisobida engib, yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsda o‘zining hamyurti Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar