Goal nashri kelayotgan yozda erkin agent maqomini oladigan yulduz futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Ushbu ro‘yxatdan PSJdan to‘rtta futbolchi - Edinson Kavani, Leyvin Kurzava, Toma Mene va Tyago Silva joy oldi.

Shuningdek, Jorjo Kellini ("Yuventus"), Rayan Freyzer ("Bornmut"), Mario Gyottse ("Borussiya Dortmund"), Jo Xart ("Bernli"), Zlatan Ibragimovich ("Milan"), Adam Lallana ("Liverpul"), Dris Mertens ("Napoli"), Pedro ("Chelsi"), David Silva ("Manchester Siti"), Villian ("Chelsi") va Yan Vertongen ("Tottenxem") yozda klubsiz qoladigan yulduz futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.

Oldinroq, mutaxassislar yozda klublar koronavirus pandemiyasi sabab yirik xaridlarni amalga oshirmasliklarini ta’kidlab o‘tishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!