Yunusni qo‘lga kiritish "Milan"ga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Boisi...

  • 24 iyul, 2023, 11:00
  • 0
  • Futbol

Relevo neashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachi Yunus Musa "Valensiya"ning yozgi transferlarda sotishni maqsad qilgan asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. 20 yoshli amerikalik futbolchiga esa Evropa klublaridan qiziqishlar bor.

Manbaga ko‘ra, da’vogarlar orasida Yunusga “Milan” favorit bo‘lib turibdi va ushbu transfer yuzasidan ispan grandi bilan muzokara olib bormoqda.

Biroq, muzokaralar chog‘ida ba’zi qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Jumladan, "Valensiya" Musani 25 million evroga baholagan, "Milan" esa pulni to‘lashda ikkilanib turibdi va ispan klubi bilan bonuslar bilan birga 20 million evroga yaqin summani kelishib olishga umid qilmoqda.

Yunus Musa AQSh terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U 2020 yilda terma jamoada debyut qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!