Yurgen Klopp: "Adrian Alissonning xatosini takrorlashim kerak deb o‘yladi"

  • 18 avgust, 2019, 00:51
  • 0
  • Futbol

Premer-Liganing ikkinchi turida "Liverpul" jamoasi "Sautgempton"(2:1)ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdan so‘ng "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp darvozabonning xatosi borasida berilgan savolga javob qaytardi.

"Adrian shunday o‘ylagan bo‘lishi mumkin: "Men Alisson kabi yaxshi o‘ynayapman, demak u qilgan xatoni takrorlashim kerak," - dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" darvozaboni Adrian Kastilo o‘yin davomida "Sautgempton" xujumchisi Danni Ingsga to‘pni uzatib qo‘ydi, oqibatida raqib gol urib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!