"Yuventus" evrokuboklardan quvilganiga xursand! Nega unday bo‘ldi?

  • 30 iyul, 2023, 18:32
  • 0
  • Futbol

UEFA rasman Turin superklubini Konferentsiyalar ligasida ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bundan tashqari, 20 million evro jarimaga ham tortdi. Uning 10 millioni shartli ravishda belgilangan. Qisqasi, ishlar pachava.

"Yuventus" to‘rtta band bo‘yicha jazoga tortilgani bilan barchasi hisobotlarda ko‘rsatilgan summadan ko‘proq ishlatganiga borib taqaladi.

Aslida, ancha avval (2020 yil) "keksa senora" Italiya prokuraturasi e’tiboriga tushgan edi. O‘sha davrda klub sport direktori vazifasini bajargan Fabio Paratichining mahorati evaziga Turin klubi ancha katta summaga baholangan transferlar oldi-sotdisini amalga oshirgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Jamoa olgan daromad shu zahotiyoq hisobotlarga qo‘shilgan bo‘lsa, xarajatlar shartnomalarning davomiyligiga biriktirilgan. Soliq to‘lashdan qochish maqsadida qilingan bu kombinatsiya evaziga "Yuve" pandemiya chog‘idagi krizisdan omon-eson chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa barchaning ko‘z o‘ngida sarflaganidan ko‘ra, ishlab topgan summasi ko‘proq ekanligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Birgina Miralem Pyanich va Arturni ayirborlash operatsiyasining o‘zi klub qay darajada matematik sxemalardan foydalanganini ko‘rsatib beradi.

aneli1

Ayblovchilarning fikricha, "Yuve" pandemiya chog‘ida futbolchilarning maoshini to‘lamagasligini e’lon qilganiga qaramay, maoshlarni o‘z vaqtida konvertlarda etkazib bergan. Sport sudida Turin klubi to‘liqligicha oqlangan va fuqarolar sudiga ko‘chirilgan edi. 2022 yilning noyabr oyida esa prokuratura Anellini hibsga olish va barcha pullar aylanmasini to‘xtatishni so‘ragan, ammo rad javobini olgan edi.

2023 yilning yanvar oyida Italiya futbol federatsiyasi prokuraturaning talabini bajardi. Moliyaviy ko‘zbo‘yamachilik uchun jamoadan 15 ochko olib tashlandi. Aprel oyida ochkolar qaytarib berildi, biroq yangi xulosaga ko‘ra, yana 10 ochko minus qilindi. Natijada, jamoa turnir jadvalidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi.

Endilikda, KL musobaqasida chempionatda 8-pog‘onani zabt etgan "Fiorentina" ishtirok etadi. Bu cheklov "Yuventus" uchun ayni muddao! Darajasi past musobaqa o‘tkazib yuboriladi, ammo tergov to‘xtaydi! Jamoa berilgan jazoga 100 foiz rozi ekanligini ma’lum qildi. Sababi, bu UEFA qo‘ygan talablarining bir qismi.

Ya’ni "Yuve" UEFA bilan kelishib oldi. Jamoa qarorni apelyatsiyaga bermaydi. Evaziga, UEFA ochilgan ishni yopadi. Boshqa hech qanday jazo choralari qo‘llanmaydi.

Jamoa rasmiylari hali-hamon qo‘yilgan ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanligini ta’kidlamoqda, biroq ish shu joyda yopilishiga rozi bo‘ldi. Jamoa prezidenti Janluka Ferreroning ma’lum qilishicha, apelyatsiya jamoani 2024/25 yilgi mavsum chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishi mumkin.

"Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, Italiya sudi "Yuventus"dan ayblovlarning ma’lum qismini olib tashlagan. Sudning ma’lum qilishicha, taxmin qilingan moliyaviy qoidabuzarliklar klub byujetida katta rol ijro etmagan. Bu esa soliqdan qochishga urunish evaziga keladigan daromaddan uzoq summa. Shunga qaramay, shubhali transferlar va sohtalashtirilgan hisobotlar masalasida tergov ishlari davom ettirilmoqda.

anelli2

UEFA mamlakat sudida bo‘layotgan jarayonga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Jamoa tashkil etilishi taxmin qilingan SUPERLIGA g‘oyasidan jamoani voz kechishini talab qildi. Turinliklar rozi bo‘lgach, ular ham KL musobaqasidagi "zapret" bilan cheklanishga qaror qildi.

Bu esa o‘z-o‘zidan "Yuventus" uchun ham foydali kelishuv. Jamoa baribir jiddiy e’tibor qaratmasligi aniq bo‘lgan konferentsiyalar ligasi musobaqasidan voz kechish evaziga Evropa futbol ittifoqi bilan o‘rtadagi barcha muamolarni yopishga muvaffaq bo‘ladi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!