"Yuventus" Manjukichning Qatar klubiga o‘tayotganini tasdiqladi

  • 22 dekabr, 2019, 22:53
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Mario Manjukich faoliyatini Qatarning “Al-Duxail” klubida davom ettiradi. Bu haqda “keksa sinora” sport direktori Fabio Paratichi xabar berdi.

“Manjukichning transferi? Biz muzokaralar jarayonidamiz, ammo hali yakuniy kelishuvga erishganimiz yo‘q. Mario hozir Qatarda bo‘lib turibdi. U ajoyib inson va o‘yinchi. Biz uning jamoamizda 4 yil faoliyat olib borganidan xursandmiz. Endi u yangi jamoasida muvaffaqiyatga erishishiga umid qilamiz”, - deydi Paratichi.

Ma’lumot uchun, Manjukich joriy mavsum “Yuventus” safida birorta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q.f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!