“Yuventus” Mourino kutayotgan o‘yinchini olmoqchi

  • 1 noyabr, 2021, 15:20
  • 0
  • Futbol

A Seriyada ishonchli o‘ynay olmayotgan “Yuventus” qishki transferlar davrida tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.

Turin superklubi yanvar oyida kamida ikki nafar futbolchi oladi. Birinchilardan bo‘lib, “Borussiya M” yarim himoyachisi Denis Zakariya va “Borussiya D” vakili Aksel Vittsel xarid qilinishi rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, Zakariyaga “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ham  Rimga kelganidan beri jiddiy qiziqish bildirmoqda.  Bu futbolchiga “Barselona” va “Real” ham da’vo qilyapti.

Har ikki o‘yinchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Turinliklar ularning erkin agentga aylanishini kutmasdan, yanvarda xarajat qilib bo‘lsa ham, bu transferni amalga oshirishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!