“Yuventus” MYudan supertransferni ko‘zlamoqda

  • 14 sentabr, 2021, 22:05
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” mutasaddilari Janluiji Buffon o‘rniga ishonchli darvozabon topa olgani yo‘q. Klub rahbariyati hozirgi paytda jamoa darvozasini qo‘riqlayotgan Voytsex Shchensni imkoniyatlariga katta ishonch bildira olmayapti.

Aga shu maqsadda Turin superklubi yozda yangi darvozabon oladi. “Yuventus” bu pozitsiyaga Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” posboni David de Xeani taklif qilmoqchi.

30 yoshli ispaniyalik darvozabon ham yangi jamoaga o‘tishga qarshi emas. Manchester klubida mahorat bobida undan kam bo‘lmagan Din Xenderson ham o‘z vaqtini kutib o‘tiribdi. Sulsher yozda bu ikki darvozabondan biridan qutilishga harakat qiladi.

Angliya premer-ligasida eng katta maosh olayotgan darvozabon hisoblangan David de Xeaning shartnomasi 2023 yilda yakunlanishini inobatga olsak, bu  transferni amalga oshirish turinliklarga katta muammo tug‘dirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!