"Yuventus" "og‘zidagi osh"ni oldirib qo‘ydi

  • 21 iyun, 2021, 16:48
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishga yaqin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, iqtidorli posbon PSJga o‘tmoqda. U bugun tongda Italiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Shu bois Parij klubi vakillari uni ko‘rikdan o‘tkazish uchun Italiyaga kelgan.

Donnarumma parijliklar bilan 2026 yilning yozigacha bo‘lgan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu kelishuv tez orada e’lon qilinadi.

Avvalroq ushbu posbon "Yuventus"ga o‘tishi va turinliklar safini tark etgan Janluiji Buffon o‘rnini to‘ldirishi aytilgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!