Zarruh Adashev "Muradov_Professional_Liga" turnirida jang qiladimi yoxud unga qaysi promoushendan taklif bor?

  • 12 iyul, 2022, 12:57
  • 0
  • MMA

Bir necha kun avval, iste’dodli MMA murabbiyi Jasur Alijonov bilan suhbatlashganimizda Muradov_Professional_Liga turnirlarida Zarruh Adashevni jang qilishini xohlashini aytgan edi. 

Mazkur masala yuzasidan biz Zarruh bilan bog‘lanib, uning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik. 

- Avvalo, e’tibor uchun katta rahmat. Biroq, men hozir yil bo‘yi jang qila olmayman. Chunki, jarohatim bor va ushbu jarohatni davolab olganimdan keyin yana oktagonga qaytaman. Hozirda menga "Bellator" dan taklif bor va katta ehtimol bilan keyingi faoliyatimni ushbu promoushen bilan bog‘layman. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimizning UFC bilan amaldagi shartnomasi bekor bo‘lgan va hozirda yurtimizda jarohatini da’volash bilan mashg‘ul. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Adashev jahonning "Glory", "Bellator" hamda UFC promoushenlarida jang qilgan ilk o‘zbekistonlik sportchi hisobalnadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!