Zarruh Adashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 23 sentabr, 2021, 19:34
  • 0
  • MMA

O‘zbekistonlik MMA jangchilari orasida ikkinchi bo‘lib, UFC bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Zarruh Adashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. 

U 2022 yil 15 yanvar kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil qilinuvchi UFCning navbatdagi turnirida oktagonga ko‘tariladi. U braziliyalik anchagina jiddiy raqib bo‘lgan Kleydson Rodrigesga qarshi jang qiladi. 

Rodriges professional faoliyati mobaynida 8 ta jangning 7 tasida g‘alaba qozongan va bir bora mag‘lubiyatga uchragan. 6 ta seriyali g‘alabani qayd etib kelmoqda. Biroq bu muvaffaqiyatlarning barchasi boshqa promoushenlarda yuz bergan. Zarruh Adashevga qarshi jangi esa UFCdagi debyuti bo‘ladi.  

Hamyurtimizning ko‘rsatkichi esa 4-3 ko‘rinish olgan. Yurtdoshimiz UFCdagi dastlabki ikki muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Rayan Benoitni mag‘lub etgan edi.

O‘ylaymizki, u mazkur jangda ham g‘alaba qozonib, barcha o‘zbekistonlik MMA ixlosmandlarini xursand qiladi. Bu borada esa unga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!