Zarruh Adashevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum

  • 25 fevral, 2022, 13:43
  • 0
  • MMA

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Zarruh Adashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. 

Yurtdoshimizning bu galgi jangi 4 iyun kuni AQShning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC APEX turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Unga AQSh vakili Ode Osborn raqiblik qiladi. Aslida, hamyurtimiz 15 yanvar kuni braziliyalik Kleydson Rodrigesga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, Adashevning qo‘lidan olgan jarohati tufayli, ushbu to‘qnashuv bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, Osborn faoliyati mobaynida 10 ta g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.Shuningdek, bir inobatga olinmagan jang ham bor. Yurtdoshimizning ko‘rsatkichi esa 4-3 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!