Zidan "Bavariya" bosh murabbiyi bo‘lmasligini aytdi. Shuningdek, u yarim finalda kimga muxlislik qilishini ham aytdi

Frantsiyalik futbol afsonasi Zinedin Zidan "Bavariya" murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi. Shuningdek, u Madridda kechadigan "Real" - "Bavariya" bahsida kimga muxlislik qilishini aytdi. 

"Men "Bavariya" bosh murabbiyi bo‘lamanmi? Yo‘q, bu haqda ishonch bilan ayta olaman. Hozircha faqat yarim finalni tomosha qilmoqchiman. Umid qilamanki, unda "Real" g‘alaba qozonadi va finalga yo‘l oladi", - dedi frantsuz. 

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Bavariya" uchrashuvi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. Ilk bellashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakun topgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!