Zidan katta lavozim bo‘shashini kutyapti

  • 26 sentabr, 2023, 13:31
  • 0
  • Futbol

Ikki yildan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan yana murabbiylik faoliyatiga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Taniqli mutaxassis “Evro-2024” musobaqasidan keyin Frantsiya terma jamoasini boshqarishni rejalashtiryapti.

 Hozir Frantsiya milliy terma jamoasiga Dide Desham ustozlik qilmoqda. U ushbu lavozimdan 2012 yildan beri ishlyapyapti.

Desham qo‘l ostida frantsuzlar 2018 yili Rossiyada bo‘lgan jahon chempionati va 2021 yili Millatlar ligasida g‘olib chiqdi. Shuning 2016 yilgi Evropa chempionati va 2022 yilgi mundialda finalda qatnashdi.

Zinedin Zidan bosh murabbiy sifatida faqat “Real”da ishlagan. U Madrid superklubini ikki marta – 2016-2018 hamda 2019-2021 yillar davomida boshqargan. Zinedin Zidan davrida “Qirollik klubi” futbolchilari ikki marotabadan Ispaniya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibi, uch marta Evropa Chempionlar ligasit g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!