Zinchenko: Hech qanday va’da bermayman

  • 11 fevral, 2023, 12:45
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi haqidagi savolga javob berdi.

"Bu borada hech qanday va’da bermoqchi emasligini, chunki oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor va Premer-liga dunyodagi eng kuchli liga", - dedi Zinchenko VBET News nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli ukrainalik futbolchi joriy mavsum jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Arsenal" esa 20 ta o‘yindan keyin 50 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar"ning eng yaqin ta’qibchisi "Manchester Siti" bo‘lib turibdi, u 21 uchrashuvdan keyin 45 ochko to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!