Zinchenko qachon safga qaytishi ma’lum

  • 18 aprel, 2023, 13:10
  • 0
  • Futbol

“Arsenal”ning ukrainalik futbolchisi Aleksandr Zinchenko yaqin orada jarohatidan tiklanishi mumkin. Bu haqda Evening Standard nashri xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 26 yoshli himoyachi Angliya Premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga (21 aprel) qarshi o‘yinda maydonga tushishi ehtimoli bor. Avvalroq u jaroxati tufayli 31-turning "Vest Xem"ga qarshi o‘yinini (2:2) o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum “Arsenal” safida barcha turnirlarda jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!