Kumushxon Fayzullaeva dast ko‘tarish mashqida bronza medalini qo‘lga kiritdi

TIGGO 2 PRO

Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletik abo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Ayni pallada  vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar "A" guruhida medallar uchun kurashishmoqda. 

Biroz avval dast ko‘tarish mashqi o‘z yakuniga etdi. Ushbu guruhda ishtirok etayotgan vakilamiz Kumushxon Fayzullaeva ushbu yo‘nalishda 94 kilogrammni toshni ko‘tarib, mashqni 3-o‘rinda yakunladi va bronza medalini naqd qildi.

E’tiborlisi, 3 sportchi ushbu og‘irlikni zabt etgan, biroq xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining yangi qoidalariga ko‘ra, og‘irlikni kim birinchi ko‘tarsa, o‘sha atletga yuqori pog‘ona nasib etadi. Hamyurtimiz bilan birgalikda Misr va Tunis terma jamaosi a’zolari ikkikurashda oltin medal uchun bahs olib borishadi. Birozdan so‘ng siltab ko‘tarish mashqi boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!