Osiyo chempionatining birinchi kuni qanday yakunlandi?

Ayni kunlarda Qirg‘iziston poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari start olgan. Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunini klassik kurash ustalari boshlab berishdi. 

63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida gimlamga chiqqan hamyurtimiz Elmurat Tasmuradoa finalda musobaqa mezbonini engib, g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik. 

Shuningdek, bugun eng og‘ir vazn toifasida kurashgan Mo‘minjon Abdullaev ham bahs olib bordi. Finalgacha yo‘lni mardonavor bosib o‘tgan Mo‘minjon hal qiluvchi bahsda eronlik Aliakbar Mehdizodaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi. 

Afsuski, Javohir Berdimuratov (-55 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (77 kg) bronza medali uchun kurashda raqibiga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, -87 kg vazn toifasida bahs olib borgan Muhammadali Shamsiddinov chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!