Anvar Boynazarov: Raqibimni 1-raundda nokautga uchratganim o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi

O‘zbekistonlik yakkakurash janglar ustasi Anvar Boynazarov kecha Xitoyning Chongqing shahrida bo‘lib o‘tgan “TOPKING WORLD SERIES 2017” turniri doirasida o‘tkazilgan jang kechasida braziliyalik Marlon Roberto dos Santosni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Kechagi jang "EM LEGEND" turnir doirasiga kirmaydi. Bu shunchaki professional jang hisoblanadi. Sportchimiz ushbu to‘qnashuvdan so‘ng SPORTS.uz internet axborot portaliga o‘z taassurotlarini bildirib o‘tdi.

anvar boynazarov

23 yoshli raqibim juda kuchli edi. Shu sabab bu jangga kuchli tayyorgarlik ko‘rdim. Bu esa o‘z samarasini berdi. Jangning bunchalik tez tugashini kutmagandim. Uni birinchi raunddayoq nokautga uchratganimdan so‘ng shijoatim yanada oshdi. Umid qilamanki, bu keyingi janglarga ham menga ishonch bilan borishimga katta yordam beradi, – deydi Boynazarov SPORTS.uz nashriga.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz “EM LEGEND” turnirida eng kuchli 32 sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning yarim final bosqichigacha etib borgan. Hozircha bu jangning qachon bo‘lishi ma’lum qilinganicha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!