
Bo‘lishi mumkin emas! “Barselona” Koutinoni ko‘ndirdi, ammo...
“Barselona” jamoasi rahbariyati “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishdi.
AS nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Endi “Barselona” vakillari transfer borasida “Liverpul” bilan kelishib olishi lozim.
Xabarlarga ko‘ra, “Liverpul” Koutinoni 100 million evro evaziga sotishni rejalashtirmoqda. Tomonlar muzokaralarni boshladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Koutino ANGning 31 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar