Gubernator kubogida barcha bokschilarimiz finalga yo‘l olishdi

  • 12 noyabr, 2017, 08:05
  • 0
  • Boks

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator kubogi musobaqasining yarim final bellashuvlarida uch nafar bokschimiz ishtirok etishdi.

60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shunqor Abdurasulov shubu bosqichda mezbonlar vakili  Izlyan Tigran bilan kuch sinashdi.

Musobaqaning eng yorqin bokschilari sifatida e’tirof etilayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov (75) rossiyalik Yakub Zuberni qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, og‘ir vaznli (-91 kg) bokschilar ishtirokidagi janglarda Sanjar Tursunov ham zafarli yurishini davom ettirib, yarim finalda Aleksey Zobnindan ustun keldi.

Endi bokschilarimiz bugun musobaqaning hal qiluvchi bellashuvlarida oltin medallar uchun kurashni davom ettiradi.

Final jutliklari bilan tanishing.

60 kg: Ruslan Batmanov (Rossiya) - Shunqor Abdurasulov (O‘zbekiston)

75 kg: Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Igor Ivanchenko (Rossiya)

-91 kg Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - Magomed Murad Arslanbekov (Rossiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!