Hasanboy, Isroildan g‘alaba va bugun vakillarimiz ishtirokida yana 3ta jang bo‘ladi

  • 24 noyabr, 2017, 09:55
  • 0
  • Boks

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” ilk kungi bellashuvlari yakuniga etdi. Kechagi qarama-qarshiliklarda 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

75 kg vazn toifasida ringga chiqqan Isroil Madrimov qozog‘istonlik Amandik Manashevni ishonchli tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bugun u rossiyalik Vladimir Mirochnikov bilan kuch sinashadi.

Ushbu turnirda o‘z vaznini o‘zgartirib, 52 kgda jang qilayotgan Hasanboy Do‘smatov ozarbayjonlik Goshkar Safarlidan usutn kelgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov (64 kg) rossiyalik Nurali Alievni mag‘lub etdi.

Afsuski, 52 kgda yana bir vakilimiz Jasurbek Latipov ilk to‘qnashuvdayoq imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Bugun ringga chiqadigan bokschilarimiz:

64 kg
Iqboljon Xoldorov – Aleksey Klimtsev (Rossiya)

75 kg
Isroil Madrimov – Vladimir Mirochnikov (Rossiya)

-91 kg
Sanjar Tursunov – Vladislav Levsha (Latviya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!