Murod Xanturaev 22 noyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi (video)

Aralash yakkakurash janglarida (MMA) muvaffaqiyatli faoliyati olib borayotgan hamyurtimiz Murod Xanturaev o‘zining navbatdagi jangini 22 noyabr kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Mazkur bellashuvda sportchimizga rossiyalik aralash janglar ustasi Konstantin Andreytsev raqiblik qiladi. Jang “WEF GLOBAL 10” turniri doirasida Qizg‘izistondagi “Kojomkula” sport saroyida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xanturaev bundan oldin 28 oktyabr kuni jang o‘tkazib, rossiyalik jangchi Igor Zadernovskiyni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!