Asosiy mazmunga oʻtish

Nursulton Ro‘ziboev Emelyanenko ishtirok etadigan musobaqada ringa ko‘tariladi

Izohlar: 0

Joriy yilning 16 dekabr kuni Rossiyaning Grozniy shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha WFCA 44 turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur janglar kechasida 77,1 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev (13-4) ham ishtirok etadi va navbatdagi jangini rossiyalik Igor Bayerga (4-4) qarshi o‘tkazadi.

Kechaning asosiy janglaridan biri 56,7 kg vazn toifasida tashkilotning birinchi va ikkinchi raqamli sportchilari "Axmat" jang klubi vakillari rossiyalik Yunus Evloev (21-8) va braziliyalik Bruno "Macaco" Azevedo (16-2) titul uchun kurash olib boradi.

Yana bir chempionlik jangi 61,2 kg vaznda o‘tkazilib, unda “Axmat” klubi vakili Abdul-Raxman Dudaev (21-4) engil vaznda The Ultimate Fighter shousi g‘olibi amerikalik Jonathan Brookins bilan kuch sinashadi.

Turnir doirasida “Axmat” klubining mashhur jangchilaridan biri Aleksandr Emelyanenko (24-7) +93 kg vazn toifasida o‘tkaziladigan reyting qarama-qarshiligida sobiq Bellator, Strikeforce jangchisi amerikalik Virgil "Rezdog" Zwicker (16-6-1) bilan to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q