Olti o‘g‘lon oltinga da’vogar

  • 6 avgust, 2017, 22:25
  • 0
  • Boks
 

Filippinning Puerto-Printsesa shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yarim final bahslari yakunlandi.

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan bokschilarimizdan o‘n nafari final yo‘llanmasi uchun kurashdi va ulardan oltitasi hal qiluvchi so‘nggi jangda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Finalga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:

52 kilogramm vazn toifasida Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev.

54 kilogram vazn toifasida Rahmatullo Toshpo‘latov.

57 kilogramm vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev.

63 kilogramm vazn toifasida Nurislom Ismoilov.

66 kilogramm vazn toifasida Asadbek Jumaniyozov.

+ 80 kilogramm vazn toifasida Shohruh Almatov.

Final uchrashuvlari 7 avgust kuni bo‘ladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!