O‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Boynazarov Malayziyada g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik yakkakurash janglar ustasi Firdavs Boynazarov o‘zining navbatdagi jangini nokaut bilan yakunlagan.
Malayziyada tashkil qilingan MMA qoidalari bo‘yicha “GWFC promotion” musobaqasining birinchi jangida g‘olib chiqqan. Bu haqda sportchimizning akasi yakkakuralar ustasi Anvar Boynazarov o‘zining instagram ijtimoiy sahifasida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni sportchimizning akasi Anvar Boynazarov Xitoyning Chongqing shahrida bo‘lib o‘tgan “TOPKING WORLD SERIES 2017” turniri doirasida o‘tkazilgan jang kechasida braziliyalik Marlon Roberto dos Santosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Fikrlar