Sankt-Peterburgdagi turnirda Isroil va Sanjar yarim finalga yo‘l oldi

  • 10 noyabr, 2017, 11:43
  • 0
  • Boks

Ayni damda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Dinamo” sport saroyida boks bo‘yicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan qarama-qarshiliklarda 75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov raqibi Tamerlan Kazievni muddatidan oldin mag‘lub qilib, yarim finalga yo‘l olgan bo‘lsa, -91 kgda yana bir hamyurtimiz Sanjar Tursunov mezbonlar vakili Artem Fedorovdan ustun keldi va final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.

Bugun iqtidorli bokschilarimizdan biri Shunqor Abdurasulov (60 kg) yarim final uchun ringga ko‘tariladi.

Musobaqaning yarim final bahslari ertaga bo‘lib o‘tsa, final bahslari 12 noyabr kuni tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!