Shohruh Almatov Osiyo chempioni!

  • 7 avgust, 2017, 14:25
  • 0
  • Boks

Ayni damda Filippinning Puerto-Printsesa shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

+80 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shohruh Almatov hal qiluvchi qarama-qarshilikda hindistonlik Sinh Satendar bilan kuch sinashdi.

Keskin va murosasiz bahs yakunlariga ko‘ra, bokschimiz Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi va terma jamoamiz hisobiga dastlabki oltin medalni olib keldi.

Shohruh Almatov

Oldinda shuningdek, yana besh nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan Muhammadniso Abrurahmonov (46 kg), Ruslan Abdullaev (48 kg), Sherzod Qodirboev (60 kg), Kamronbek Rahmonov (80 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!