Yakkakurashchimiz Zarruh Adashev 1 dekabr kuni Nyu-Yorkda jang qiladi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi mashhur “Medison Square Garden” arenasida kikboksing bo‘yicha katta jang kechasi tashkil etiladi.

“Glory 48” musobaqasi doirasida o‘tkaziladigan jangda hamyurtimiz Zarruh Adashev kiprlik Stavros Grigoriouga qarshi ringga chiqadi.

Zarruh Adashev – kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi va ko‘p karra O‘zbekiston chempoini hisoblanadi.

Bo‘lajak jangda hamyurtimizga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!