19 yoshli tennischi "US Open" chempioniga aylandi

  • 12 sentabr, 2022, 15:47
  • 1
  • Tennis

Tennis bo‘yicha Amerika ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ispaniyalik Karlos Alkaras Norvegiya sharafini himoya qiluvchi Kasper Ruud bilan kuch sinashdi.

4 set davom etgan o‘yin 19 yoshli Alkarasning g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Birinchi setni yutib olgan Karlos ikkinchisini boy berdi. Uchinchi setda kuchlar deyarli teng keldi va tomonlar tay-brekka murojaat etishga majbur bo‘ldi. Tennis lotereyasida ispan raketka ustasining qo‘li baland keldi. Ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan Alkaras 4-setda bahs taqdirini hal etdi. Yakuniy hisob - 6:4, 2:6, 7:6(7:1), 6:3.

Endi u 2000 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi. Finalchi Ruudga ega 1200 ochko taqdim etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
12/09/2022 18:42
Надалга муносиб ўринбосар пайдо бўлди Испанияда.