Afsonaviy Bryus Li asos solgan yakkakurash turi bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonliklar 17 ta medalni qo‘lga kiritdi!

9-17 mart kunlari Tailandning Pxuket shahrida djit kun-do bo‘yicha  Jahon kubogi tashkil etildi. Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham 24 ta sportchi bilan ishtirok etdi. Quvonarlisi, hamyurtlarimiz 14 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritish barobarida umumjamoa hisobida etakchilar qatoridan o‘rin olishdi.
Malumot uchun, djit kun-do afsonaviy yakkakurashlar qiroli Bryus Li asos solgan sport turi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!