Afsonaviy Rojer Federer tennischilik faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi

  • 15 sentabr, 2022, 19:59
  • 0
  • Tennis

Afsonaviy tennischi Rojer Federer faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi.

Shveytsariyalik raketka ustasi uchun keyingi hafta start oladigan Leyver Kubogi so‘nggisi bo‘ladi. U Jokovich, Nadal kabi afsonalar qatorida Evropa sharafini himoya qiladi.

41 yoshli Rojer professional faoliyati mobaynida 103 ta titulni qo‘lga kiritgan, shulardan 20 tasi "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir bosh sovrini sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!